1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Moskvada qor qatlami rekord – 50 sm.gacha yetishi mumkin

“Nadya” sikloni Moskvaga hujum qildi.

Moskvada qor qatlami rekord – 50 sm.gacha yetishi mumkin

 

“Nadya” sikloni tufayli Moskvada qor qalinligi 50 sm.gacha yetishi kutilmoqda.

Bu haqda Fobos ob-havo markazi yetakchi xodimi Yevgeniy Tishkoves xabar qildi. Uning taʼkidlashicha, bu 1956 yilgi rekord darajaga yaqin.

 

Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, yaqin bir sutkada Moskva hududida 4 mm.gacha yog‘ingarchilik kuzatiladi, ko‘rish qobiliyati 1 km.gacha qisqaradi. U ikki sutkada 10 mm yog‘ingarchilik kuzatilishi va bu ¼ oylik meʼyor ekanini aytmoqda.

 

“Bunday qor yog‘ishi albatta o‘z izini qoldiradi va poytaxtda qor qalinligi 1956 yildan beri birinchi marta 50-52 sm.ga yetadi. O‘shanda qor qatlami 56 sm bo‘lgan”, - deb yozgan sinoptik o‘zining Instagram sahifasida.

 

Mutaxassis Moskvada noqulay ob-havo seshanba kuni cho‘qqisiga yetishi va 1 fevral kuni qor yog‘ishi kuchayishini aytmoqda. Prognozlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik hafta o‘rtasiga kelib pasayadi va shanba kunigacha tinishi kutilmoqda.

 

Avvalroq Germaniyaga “Nadya” sikloni hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика