Rossiya Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar ro‘yxatidan rasman chiqdi. Tegishli qaror 18 dekabr, shanba kuni kuchga kirdi.
Iyun oyida Rossiya kelishuvning depozitariylariga - Vengriya va Kanadaga shartnomada chiqishga tayyorlanayotgani haqida bildirishnoma yubordi, deya taʼkidladi Rossiya TIV.
Rossiya tomoni ushbu davlatlar poytaxtlaridagi elchixonalari va BMTning Venadagi maslahat komissiyasidagi delegatsiyalari orqali kelishuvning qolgan tomonlarini ham ogohlantirdi.
Ochiq osmon shartnomasi 1992 yil 24 martda Xelsinkida assotsiatsiyaga aʼzo 27 davlat tomonidan imzolangan bo‘lib, ratifikatsiya qilish muddati 2001 yil 26 martda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan tegishli qonun imzolanganidan keyin yakunlandi. Keyinchalik, 2002 yil 1 yanvarda shartnoma kuchga kirdi.
Bitimning maqsadlari harbiy faoliyatning yana-da ochiqligi va shaffofligini oshirish, shuningdek, ishonch va barqarorlikni mustahkamlash choralari orqali xavfsizlikni mustahkamlashdan iborat edi. Imzolovchi davlatlar kelishuv bo‘yicha boshqa tomonlarga foto va video suratga olishdan foydalangan holda o‘z hududlarida kuzatuv parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berishga kelishib olishgan.
Maʼlumot uchun: Qo‘shma Shtatlar 2020 yil noyabr oyida Rossiyani uni buzganlikda ayblab, shartnomada chiqishini eʼlon qildi. Moskva Vashingtonning daʼvolarini rad etdi va shartnomaning buzilishi uchun barcha javobgarlikni AQSH zimmasiga yukladi. Bitim ishtirokchi davlatlarga harbiy harakatlarni nazorat qilish uchun faqat qisqa muddatli ogohlantirish asosida bir-birining hududlari ustidan parvoz qilish imkonini berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda Rossiya rahbari Vladimr Putinni prezident sifatida tan olmaslik taklif qilingan edi.


