Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi “Listvyajnaya” konida sodir bo‘lgan avariya oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Korrespondent.net xabar qildi.
So’nggi ma'lumotlarga ko'ra, 237 kishi vayronalar ostidan olib chiqilgan. Shaxtada hamon 49 kishi qolmoqda, 6 kishining esa jasadi topilgan. Konda 19 ta qutqaruv guruhi ishlayapti. Katta ehtimol bilan qolgan barcha konchilar ikkita uzoq driftda, ular bilan hozircha aloqa yoʻq.Dastlabki taxminlarga ko‘ra, favqulodda holatga ko‘mir changining alangasi sabab bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Braziliyada Rojdestvo munosabati bilan o‘tlazilgan bayram tadbirida piyodalar yo‘lagi o‘prilib, o‘nlab odamlar chuqurga tushib ketgani xabar qilingandi. Shuningdek, Kongoda qo‘lbola yasalgan kema daryoda halokatga uchragani ma’lum qilingandi.
Nasiba To'xtayeva


