1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nima uchun AQSH Rossiya-Ukraina chegarasidagi vaziyat bo‘yicha vahima ko‘tarmoqda?

Rus diplomati bundan ko‘zlangan maqsadni ochiqladi.

Nima uchun AQSH Rossiya-Ukraina chegarasidagi vaziyat bo‘yicha vahima ko‘tarmoqda?

 

Rossiya YEXHTdagi doimiy vakili Aleksandr Lukashevich nima uchun G‘arb Moskvaning Ukrainaga hujumi to‘g‘risida vahima ko‘tarayotganini maʼlum qildi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi. 

 

“Bizga bundan ko‘zlangan vazifalar maʼlum. Eng avvalo Ukrainaning Minsk kelishuvlarini bajarmayotganini oqlash. Bundan tashqari bu orqali NATO tomonidan Ukraina hududini o‘zlashtirish uchun axborot asosini tayyorlash ko‘zda tutilmoqda”, –– degan Lukashevich YEXHT majlisida.

 

Diplomatning qo‘shimcha qilishicha , AQSH tashabbusi bilan yanvar kuni BMT xavfsizlik kengashining Rossiya “hujumi” borasida yig‘ilish o‘tkazilgan. Ammo bu “navbatdagi rossiyaga qarshi shou”dan boshqa narsa emasligi taʼkidlangan.

 

Maʼlumot o‘rnida: So‘nggi oylarda G‘arb Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligini aytib kelmoqda. O‘z navbatida Moskva bu kabi ayblovlarni rad etyapti.

 

Avvalroq AQSH zarurat tug‘ilgan taqdirda uning qo‘shinlari Ukrainaga kiritilishi mumkinligini maʼlum qilgandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика