1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Terrorizmga qarshi keskin va murosasiz kurashish shart — Putin

Rossiya prezidenti joriy yilning 11 oyida 32 ta teraktning oldi olingani haqida maʼlum qildi.

Terrorizmga qarshi keskin va murosasiz kurashish shart — Putin

 

Har yili 20-dekabrda Rossiya Federatsiyasida xavfsizlik idoralari xodimlari kuni — Federal xavfsizlik xizmati, Tashqi razvedka xizmati, Federal xavfsizlik xizmati va boshqa davlat xavfsizlik organlari xodimlarining kasb bayrami nishonlanadi.

 

Rossiya prezidenti ushbu tadbirda ishtirok etib, terrorizm va ekstremizm mavzusiga alohida to‘xtaldi:

 

“So‘nggi yillarda bu qiyin, o‘ta masʼuliyatli sohada (terrorizmga qarshi kurash) sezilarli muvaffaqiyatlar va umuman ijobiy dinamika kuzatildi. Biz terrorchilik xavfini keskin kamaytirishga erishdik”.

 

Shuningdek, so‘nggi 11 yil ichida 200 dan ortiq teraktlarning oldi olingani, bu davrda sodir etilgan terrorchilik jinoyatlari soni bir necha barobar kamayganini ham taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday jinoyatlarning deyarli barchasi tayyorgarlik bosqichida bostirilgan. Bundan tashqari, prezident xavfsizlik xizmati xodimlaridan terrorga qarshi kurash keskin va murosasiz bo‘lishi kerakligini qatʼiy uqtirdi.

 

“Bugungi kunda murakkab xalqaro vaziyat, zamonaviy chaqiriq va xavf-xatarlarning tabiati hamda ko‘lami maxsus xizmatlar faoliyatiga talablarni kuchaytirmoqda. Birinchi navbatda, sizning asosiy ustuvor vazifangizni hal qilishda – terrorizmga qarshi keskin va murosasiz kurash”, — dedi prezident.

 

Shu bilan birga, Putin idora xodimlarining oldiga xalqaro terrorchi guruhlarning yacheykalarini yo‘q qilish vazifasini qo‘ydi.

 

“Milliy aksilterror qo‘mitasining muvofiqlashtiruvchi yo‘nalishi bilan  samarali harakatlarni davom ettirish, xalqaro terrorchilik guruhlari yacheykalarini yo‘q qilish, ularning aloqalarini, josuslarni, qo‘poruvchilik faoliyatini aniqlash va bostirishni davom ettirish muhim”, — deydi davlat rahbari.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida Hizb ut-Tahrir al-Islomi xalqaro terrorchilik guruhi vakillari qo‘lga olingani hamda AQSH tolibonlar bilan terrorizmga qarshi kurashni muhokama qilmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика