1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Bektemir tumanida “drift” va “drag-reysing” uchun maxsus poligon quriladi

Bu haqda Xalq deputatlari shahar kengashining 9-iyundagi qarorida so‘z boradi.

Bektemir tumanida “drift” va “drag-reysing” uchun maxsus poligon quriladi

 

Qarorga ko‘ra, “drift” va “drag-reysing” (burilish texnikasi va avtosport turi, yo‘lda tezlik va burchakni maksimal darajada ushlab turish uchun boshqariladigan usullardan foydalanish bilan bog‘liq harakatlar) uyushtirish uchun Bektemir tumani “Shonazar” MFYdan yer uchastkasi ajratiladi.

 

Qayd etilishicha, ajratiladigan yer uchastkasi aholi yashash joyidan tashqarida joylashib, tomoshabin sifatida kelgan shaxslarga qulay shart-sharoit yaratilishi, xavfsizlik choralari ko‘rilishiga sharoit yaratiladi.

 

Shuningdek, yoshlarga “drift” va “drag-reysing” uchun ajratiladigan yer uchastkasi davlat va xususiy sherikchilik asosida xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, ularga tender asosida berish va hududni zamonaviy jahon standartlariga mos ravishda bo‘lishini taʼminlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика