1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Birinchi prezidentning yordamchisi Georgiy Kraynov vafot etdi

U so‘nggi yillarda Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlab kelayotgandi.

Birinchi prezidentning yordamchisi Georgiy Kraynov vafot etdi

 

O‘zbekiston birinchi prezidentining yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan Georgiy Kraynov 88 yoshida vafot etdi

 

4-iyun kuni taniqli davlat arbobi, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning izdoshi Georgiy Alekseyevich Kraynov vafot etdi, deb xabar qilindi Islom Karimovning ilmiy-maʼrifiy majmuasi saytida. U bilan vidolashish marosimi bugun bo‘lib o‘tadi.

 

Georgiy Kraynov 1933 yil 21 noyabrda Andijonda tavallud topgan. Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan.

 

Mehnat faoliyatini «Andijanskaya pravda» (Andijon haqiqati) gazetasida boshlagan. Korrektor, muharrir, masʼul sekretar, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

 

1976 yilda Kraynov O‘zbekiston KP Markaziy qo‘mitasida targ‘ibot va tashviqot bo‘limi gazeta va jurnallar sektori mudiri lavozimida ish boshlaydi. Oradan bir yil o‘tgach KP Markaziy qo‘mitasi sekretarining birinchi yordamchisi lavozimiga tayinlanadi. U ko‘p yillar mobaynida Sharof Rashidov bilan birga ishlagan.

 

Mustaqil O‘zbekistonda Georgiy Kraynov — prezident yordamchisi, prezident qabulxonasi bosh konsultanti, prezident maʼmuriyati umumiy ishlar boshqarmasi protokol sektori boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

 

2018 yildan boshlab umrining oxirigacha birinchi prezident nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida yetakchi ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.

 

U yuksak mukofotlar bilan ham taqdirlangan: «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni, “Do‘stlik” ordeni, «Mehnat shuhrati» ordeni, «Sodiq xizmatlari uchun» medali.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика