“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Yevropa ligasidan chiqib ketganidan so‘ng jamoaning o‘yinidan noroziligini bildirdi.
“Biz yetarlicha harakat qilmadik, chunki g‘alaba qozona olmadik. Bu, albatta, katta zarba. 75 daqiqada biz o‘z darajamizda o‘ynamadik. Bahsda ustunlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lmadik. Oxirgi 15 daqiqada va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba qozonish uchun imkoniyatlarimiz bor edi. Biroq, biz mag‘lub bo‘ldik”, — dedi Arteta.
Eslatib o‘tamizz, kecha “Arsenal” Lissabonning "Sporting” klubiga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa londonliklar Yevropa ligasini 1/8 final bosqichida tark etishdi.


