Turkiyada 6 fevral kungi zilziladan keyin 500 ming yangi uy qurilishi kerak. Bu haqda BMT maʼlum qildi.
Tashkilot ekspertlari tabiiy ofat oqibatida 1.5 million odam boshpanasiz qolganiga eʼtibor qaratgan.
“Bu shubhasiz, Turkiya tarixidagi eng yirik zilzila va umuman mamlakat qachondir duch kelgan eng dahshatli tabiiy ofat bo‘ldi”, — degan Turkiyadagi BMT taraqqiyot dasturi doimiy vakili Luiza Vinton.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat tiklash ishlarini boshlashdan oldin 116 dan 210 million tonnagacha bo‘lgan vayronalarni tozalashi kerak. 1999 yilda yuz bergan yer silkinishidan keyin 13 million tonna vayrona tozalangandi.


