Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi mebel ustaxonasida yirik portlash va yong‘in yuz berdi. Bu haqda RiaNovosti nashri yozmoqda.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 24 kishi jabrlangan. Ular turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga evakuatsiya qilingan.
Favqulodda holat yuz bergan joyda tez yordam brigadalari navbatchilik qilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.


