1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Loyiha 2026-yilda ishga tushiriladi va 20 mingdan ortiq xonadonni elektr bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurilish ishlari boshlangan. Mazkur loyiha mamlakatning qayta tiklanuvchi energiya salohiyatini oshirish va energiya tejamkorligini kuchaytirishga qaratilgan.

 

Stansiya 2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi obyekt yiliga o‘rtacha 50 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa 15 million kub metr tabiiy gazni tejash va atmosferaga chiqariladigan 22 ming tonna zararli gazlarni kamaytirish imkonini beradi.

 

Loyiha to‘liq ishga tushgach, taxminan 20 ming xonadonni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi. Stansiya hududda energetik barqarorlikni oshirishga ham xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика