1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Botanika bog‘ida biotexnologiya laboratoriyasi ochildi

Laboratoriya xodimlari dunyoning yetakchi ilmiy tashkilotlarida amaliyot o‘tashgan.

Botanika bog‘ida biotexnologiya laboratoriyasi ochildi

 

16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti qoshidagi akademik F. N. Rusanov nomidagi Botanika bog‘ining biotexnologiya laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘ldi.

 

 

Biotexnologiya laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti negizida tashkil etilgan bo‘lib, Botanika bog‘i kolleksiyasini to‘ldirish uchun istiqbolli turlarni in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish protokolini ishlab chiqishga mo‘ljallangan. Laboratoriya xodimlari dunyoning yetakchi ilmiy tashkilotlarida amaliyot o‘tashgan. Xorijiy amaliyot davomida olingan tajriba va bilimlar mamlakat manfaati va mahalliy ilm-fan rivojiga xizmat qilishi zarur.

 

Laboratoriyaning texnik bazasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2021 yildan moliyalashtirilgan “in vitro usulida dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish va tashkil etish texnologiyasini yaratish” amaliy loyihasi mablag‘lari hisobidan shakllantirildi. Loyiha doirasida Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar turlarini mikroklonal ko‘paytirish bo‘yicha protokollar ishlab chiqilgan, ixtiro patentlar olish uchun to‘rtta ariza berilgan monografiya nashr etilgan.

 

Ayni paytda laboratoriya “in vitro kulturalarida Botanika bog‘i kolleksiyasining qimmatbaho namunalarini barqaror ko‘paytirish uchun ilmiy asoslarni ishlab chiqish davlat dasturini amalga oshirmoqda, uning doirasida botanika bog‘i kolleksiyasidan qimmatbaho o‘simlik turlarini, O‘zbekiston florasining noyob va yo‘qolib borayotgan turlarini, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik turlarini (manzarali, mevali, introduksiya qilingan) mikroklonal ko‘paytirish protokollarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика