Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan.
2022-yil 15-iyun holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45 000 — 73 000 so‘m;
qo‘y go‘shti (1 kg) — 55 000 — 86000 so‘m;
kartoshka (1 kg) — 2000 — 7000 so‘m;
piyoz (1 kg) — 2000 — 6000 so‘m;
sabzi (1 kg) — 1500 — 6000 so‘m;
tuxum (10 dona) — 7000 — 15 000 so‘m;
guruch (1 kg) — 4500 — 22 000 so‘m;
o‘simlik yog‘i (1 l) — 15 500 — 28 000 so‘m;
shakar (1 kg) — 9600 — 17 000 so‘m.
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.


