1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Bu — ko‘proq diqqat talab qiladigan muhim tadbir”

Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini yoritish uchun xorijdan ham jurnalistlar, media xodimlari ham yetib kelgan. Zamon.uz ularning ayrimlari bilan suhbatlashib, O‘zbekiston haqidagi fiklari bilan qiziqdi.

“Bu — ko‘proq diqqat talab qiladigan muhim tadbir”

Bugun, 30-oktyabr kuni Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi boshlandi. Ushbu xalqaro tadbirni yoritish uchun nafaqat mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, balki chet yellik jurnalistlar, media xodimlari ham yetib kelgan. Zamon.uz ularning ayrimlari bilan suhbatlashib, O‘zbekiston haqidagi fiklari bilan qiziqdi.

 

“Tadbirdan keyin Samarqandni aylanmoqchiman”

 

Slovakiyalik jurnalist Peter Xuska YUNESKO tadbiri munosabati bilan ilk marotaba O‘zbekistonga kelgani va tashrif davomida Samarqandning tarixiy joylarini borib ko‘rish niyatida ekanini aytdi.

 

 

“Men Slovakiyadagi gazetalardan birida jurnalist sifatida ishlayman. Asosan siyosiy jarayonlar va madaniy anʼanalar haqida maqolalar yozaman.

 

Bugun ertalab Prezidentimiz bilan birga Samarqandga uchib keldik. YUNESKO 43-sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkazilishi eʼlon qilingdanidan so‘ng menda sizning mamlakatingizga nisbatan qiziqish paydo bo‘ldi.

 

Bu mening O‘zbekistonga birinchi tashrifim, biz jamoamiz bilan peshindan keyin bir nechta tarixiy joylarga bormokchimiz”, deydi Peter.

 

Xalqaro tadbirda ishtirok etayotgan talaba-jurnalist

 

Yana bir slovakiyalik jurnalist Lusiya Alishkova xalqaro tadirda ilk marotaba ishtirok etayotgani va bu sessiya u uchun tajriba maydoni bo‘lishi haqida gapirdi.

 

 

“Men bu kabi yirik xalqaro tadbirda birinchi marta ishtirok etyapman. O‘zim hali talabaman, lekin 2 yildan buyon jurnalist sifatida ishlayman.

 

Men bilan birga Slavakiyadan yana 3 nafar jurnalist kelgan. Ulardan biri yangiliklar agentligidan, yana biri teleradio jurnalisti.

 

Men O‘zbekiston haqida unchalik ko‘p maʼlumotga ega emasman, lekin bu mamlakat menga juda yoqdi”, deydi u.

 

“Bu — ko‘proq diqqat talab qiladigan muhim tadbir”

 

“Samarqand so‘nggi 5 yilda ko‘plab xalqaro tadbirlarga mezbonlik qildi. Bungacha Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti tadbirlari bo‘lib o‘tgandi. Biroq bu safargisi ular orasida yeng kattasi. Bu juda muhim va tashkillashtirilishi qiyin tadbir hisoblanadi.

 

Bizning jamoamiz O‘zbekistondagi bu tadbirni Turkiya telekanalida yoritishga kelgan. Bizdan tashqari, “Anadolu” axborot agentligi ham Samarqandga kelgan. Ertaga YUNESKO 43-sessiyasi yig‘ilishlarida Turkiya vakillari, xususan Turkiya taʼlim vaziri, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari ham ishtirok etadi”, deydi TRT jurnalisti Shohruhbek Olimov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика