1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bugun AQSh va Ukraina delegatsiyalari Jenevada muzokara o'tkazadi

Kunning ikkinchi qismida AQSh Rossiya bilan ham alohida uchrashuv rejalashtirgan.

Bugun AQSh va Ukraina delegatsiyalari Jenevada muzokara o'tkazadi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukraina bo‘yicha taklif etilgan tinchlik rejasi hali yakuniy emasligini ma’lum qildi. Oq uy Kiyevga taklifni qabul qilish uchun Thanksgiving gacha muddat bergan bo‘lsa-da, rejaning ayrim bandlari — xususan, Ukrainaning hududiy kelishuvlarga borishi va harbiy qudratini kamaytirishi Evropada katta xavotir uyg‘otgan. Bu haqda ABC news xabar bermoqda.

 

AQSh delegatsiyasi, jumladan, Armiya kotibi Daniel Driskoll, Davlat kotibi Marko Rubio va elchi Stiv Vitkoff Jenevada ukrainalik rasmiylar bilan uchrashadi. Washington shuningdek, Rossiya delegatsiyasi bilan ham alohida muzokara o‘tkazishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Bu orada bir guruh senatorlar tinchlik rejasi aslida AQSh tomonidan emas, balki Rossiya tomonidan ishlab chiqilgani haqidagi ma’lumotlarni muhokama qilib, uni “Rossiyaning istaklar ro‘yxati” deb atashdi. Rubio esa bu fikrlarni rad etib, reja AQSh tomonidan tayyorlanganini ta’kidladi.

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisi muzokaralar uchun delegatsiya tarkibi tasdiqlanganini, Kiyev “haqiqiy va izzatli tinchlikka” erishishga tayyorligini bildirdi. Rejada Rossiya ilgari talab qilib kelgan bir qator og‘ir shartlar — jumladan, Ukrainaning hududiy qismlarni berishi va uzoq masofali qurollardan voz kechishi — mavjudligi aytilmoqda. Shu bilan birga, AQSh va Yevropaning bir qismi bu hujjatni “ishlanishi lozim bo‘lgan asos” sifatida baholamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика