1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda cho‘l hududidan tarixiy g‘orlar topildi

Gʻorlar o‘rta asrlar davrida qazilgan bo‘lib, ulardan ganch qurilish materialining xomashyosi olingan.

Buxoroda cho‘l hududidan tarixiy g‘orlar topildi

 

Buxoro viloyati Kogon tumanida cho‘l hududidan 4 ta qadimgi g‘or qoldiqlari topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.


Ma’lum qilinishicha, g‘orlarning kirish qismi qumlar va o‘pirilgan toshlar bilan ko‘milib, tashqi ko‘rinishidan deyarli bilinmaydi. Ular bir-biridan yuzlab metr masofalanib, qandaydir tizim va bog‘lanish aniqlanmadi.


“Gʻorlar nima maqsadda qurilganligini bilish uchun eng yirigi tanlab olindi va yoritish jihozlari yordamida 80-100 metr masofa va 10-15 metr pastlikka tushildi.  Uning ayrim joylari juda tor, ayrim joylari keng va qo‘shimcha yo‘nalishlar ochilgan”, — deyiladi xabarda.


Aniqlanishicha, g‘orning geologik qatlamlari, asosan, ohaktoshdan iborat. U o‘rta asrlar davrida (XII-XIII) mahalliy konchilar tomonidan qazilib, yerosti zaxiralaridan juda keng ko‘lamda foydalanilgan. Shuningdek, undan ganch qurilish materialining xomashyosi olingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика