1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxorodan uchgan samolyot dvigiteli ishdan chiqdi

Unda 132 nafar yo‘lovchi bor bo‘lgan.

Buxorodan uchgan samolyot dvigiteli ishdan chiqdi

Bugun, 15 yanvar kuni Buxoro – Moskva (Vnukovo) yo‘nalishidagi HY9607 aviaqatnovi belgilangan aeroportga qo‘nayotganda dvigatellardan biri ishdan chiqqan. Bu haqida Uzbekistan Airways Matbuot xizmati xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, aviakompaniya ekipaji tomonidan tegishli protseduralar bajarilib, samolyotni belgilangan aeroportga qo‘ndirishga qaror qilingan.

 

Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Havo kemasi bortida 132 yo‘lovchi bor bo‘lgan.

 

Hozirda Uzbekistan Airways texnik xizmatlari tomonidan barcha tiklash ishlari olib borilmoqda.

 

"Amaldagi parvozlar jadvalida rejalashtirilgan keyingi aviaqatnovlar Vnukovo xalqaro aeroportiga uchib ketgan zaxira havo kemasida amalga oshiriladi",- deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика