Buyuk Britaniya hukumati va Roman Abramovich o‘rtasida “Chelsi” klubini sotishdan tushgan pullarni qanday taqsimlash bo‘yicha bahs davom etmoqda. 2022 yilda Abramovich Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar sabab klubni sotishga majbur bo‘ldi va taxminan 2,7 milliard yevro mablag‘ Ukraina urush qurbonlariga yordam berishga yo‘naltirilishi kerak edi. Ammo oradan uch yil o‘tgan bo‘lsada, mablag‘lar hanuzgacha Buyuk Britaniya banklarida muzlatilgan holda qolmoqda.
Hozircha bu mablag‘lardan faqat kichik bir qismi huquqiy masalalar va fond tashkil etish xarajatlarini qoplash uchun ishlatilgan. Hukumat mablag‘larni Ukrainaga yo‘naltirish bo‘yicha qatʼiy pozitsiyani ushlab turibdi, lekin muzokaralar murakkabligi sababli jarayon cho‘zilib ketgan. Ayrim ekspertlar va xayriya tashkilotlari bu mablag‘larning hanuz ishlatilmayotganidan tashvish bildirmoqda.
Buyuk Britaniya hukumati kelgusi oylarda bu masalada yana-da qatʼiy choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda, biroq hozircha aniq yechim yo‘q. Bu bahs Abramovich va Britaniya hukumati o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da keskinlashtirmoqda.


