ChatGPT 2024 yilning dekabr oyida O‘zbekistondagi eng ommabop veb-saytlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
SEMrush maʼlumotlariga ko‘ra, platformaga tashriflar soni yil davomida 6 mln 261 ming 948,5 foizga o‘sib, 42,73 mln ga yetdi.
Sunʼiy intellektning ommaviyligi hukumat saʼy-harakatlari tufayli ham o‘sib bormoqda. Hukumat mamlakatda sunʼiy intellektni joriy etish strategiyasini faol rivojlantirmoqda, taʼlim tashabbuslarini amalga oshirmoqda va texnologiyalarni davlat xizmatlariga integratsiya qilmoqda.


