Grem Potter “Chelsi” Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishga harakat qilishini aytdi.
“Biz “Everton”ni mag‘lub etishga harakat qilamiz, keyin qurʼa natijalarini ko‘rib chiqamiz va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga bor eʼtiborimizni qaratamiz”, — dedi “Chelsi” bosh murabbiyi.
Chempionlar ligasining 1/4 finaliga London klubidan tashqari “Real”, “Inter”, “Napoli”, “Milan”, “Manchester Siti”, “Bavariya” va “Benfika” klublari yo‘l olishdi. Qurʼa tashlash marosimi bugun bo‘lib o‘tadi.


