1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chet tili o‘qituvchilari majburan ishdan bo‘shatilyapti — Mehnat inspeksiyasi

Davlat mehnat inspeksiyasi xorijiy til o‘qituvchilarining mehnat huquqlari buzilayotgani yuzasidan ogohlantirdi.

Chet tili o‘qituvchilari majburan ishdan bo‘shatilyapti — Mehnat inspeksiyasi

 

Davlat mehnat inspeksiyasi chet tillaridan dars beruvchi o‘qituvchilarga nisbatan mehnat qonunchiligi buzilayotgan holatlar ko‘payayotganidan ogohlantirdi. Inspeksiya maʼlumotiga ko‘ra, ayrim ish beruvchilar tomonidan o‘qituvchilarga ish haqi to‘lanmasligi, ularni ish faoliyatidan chetlatish yoki majburan ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozdirish holatlari kuzatilmoqda.

 

Qayd etilishicha, Davlat mehnat inspeksiyasiga kelib tushayotgan murojaatlarda ushbu holatlar tizimli tus olayotgani bildirilgan. Inspeksiya bunday amaliyotlar mehnat qonunchiligiga mutlaqo zid ekanini taʼkidlab, har bir aniqlangan holat bo‘yicha belgilangan tartibda huquqiy choralar ko‘rilishini maʼlum qildi.

 

Inspeksiya, shuningdek, o‘qituvchilarning buzilgan mehnat huquqlari tiklanishini taʼminlash va qonunbuzar ish beruvchilarga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash nazarda tutilganini bildirdi. Shunday holatlarga duch kelgan fuqarolar Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishga chaqirildi.

 

Mazkur muammo chet tili o‘qituvchilariga qo‘yilgan sertifikat talablari bilan bog‘liq. Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, 2021-yildan boshlab chet tillaridan dars beruvchi pedagoglar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi belgilangan.

 

Ushbu talabning ijrosi dastlab 2024-yilga belgilangan bo‘lsada, o‘qituvchilarning barchasi belgilangan muddatda sertifikat ola olmagani sabab talab muddati avval 2025-yil kuziga, keyinchalik esa 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirilgan. Amaldagi tartibga ko‘ra, mazkur muddat davomida sertifikati mavjud bo‘lmagan o‘qituvchilarga ishlashga ruxsat berilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика