1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chorvoqqa ayrim “dacha”lar oqova suvlar oqizgani aniqlandi

Hozirda hudud uchun masʼul xodimga maʼmuriy jazo tayinlangan.

Chorvoqqa ayrim “dacha”lar oqova suvlar oqizgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ayrim “dacha” egalari o‘z kanalizatsiya tizimlarini bevosita Chorvoq suv omboriga yonaltirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holatga Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

O‘rganish davomida Bo‘stonliq tumani “Burchmullo” MFY Chorvoq suv ombori hududiga ushbu hududda yashovchi aholi tomonidan xo‘jalik tamorqani sug‘orish uchun ishlatilgan hamda yomg‘ir suvlarini chiqib ketishi uchun ariqlar kovlanib, unga palitilin quvurlar qo‘yilib suvlar o‘tkazib yuborilgani aniqlangan. 

 

Holat bo‘yicha ushbu hududga masʼul bo‘lgan Chorvoq suv ombori xodimiga nisbatan MJtKning 82-moddasi 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarida miqdorida jarima chorasi qo‘llanilgan. Kovlangan ariqlar va unga qo‘yib chiqilgan quvurlar olib tashlanib bartaraf etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика