1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

COVID-19 ga qarshi vaksinalarni saraton terapiyasida ham qo'llash mumkin

Olimlar mRNK vaksinasi immunterapiyaning samaradorligini oshirishi mumkinligini aytishmoqda.

COVID-19 ga qarshi vaksinalarni saraton terapiyasida ham qo'llash mumkin

COVID-19’ga qarshi Pfizer va Moderna’ning mRNK vaksinalari nafaqat virusdan himoya qilish, balki ayrim saraton kasallari bilan og‘rigan bemorlarning davolanish jarayonida ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Olimlar pandemiya davrida vaksina olgan va olmagan bemorlar ma’lumotlarini solishtirib, kutilmagan natijalarga duch kelishgan.

 

Tadqiqotga rivojlangan o‘pka saratoni va melanoma tashxisi qo‘yilgan mingdan ortiq bemor jalb etilgan. Ularga immunoterapiyaning zamonaviy turi — “checkpoint ingibitorlari” qo‘llangan. Ma’lum bo‘lishicha, immunoterapiyadan taxminan 100 kun oldin mRNK vaksinasini qabul qilgan bemorlar vaksina olmaganlarga nisbatan ikki baravar uzoq umr ko‘rgan.

 

Mutaxassislar bunday natijalarga katta umid bilan qarashmoqda, ammo hali ko‘plab savollar ochiq qolmoqda. Xususan, vaksinani qaysi bosqichda qo‘llash eng samarali bo‘lishi, boshqa saraton turlariga qanday ta’sir qilishi va immun tizimini yanada faollashtiruvchi oqsillar asosida yangi vaksinalar yaratilishi mumkinligi o‘rganilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика