Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 700 kishiga yaqinlashdi.
Bu haqda Ichki ishlar vazirligi maʼlum qildi. Mazkur raqamlar vaqt o'tgani sari ortib bormoqda.
Yana 329 kishi jarohat oldi.
Marokashda 2004-yildan beri birinchi marta zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila o'chog'iga eng yaqin bo'lgan eng yirik shahar Marrakesh aholisining aytishicha, YuNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan eski shaharda ba'zi binolar qulab tushgan. Vayronalar ostida odamlar bo'lishi mumkin.


