"Barselona" va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Dani Alves qamoqxonadan vaqtinchalik ozod etilishi mumkin. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kelasi hafta, 19-mart kuni Alvesning vaqtinchalik ozod etish haqidagi iltimosini ko‘rib chiqish bo‘yicha tinglov bo‘lib o‘tadi. Agar bu petisiya qabul qilinsa, braziliyalik futbolchi sud hukmi kuchga kirgunga qadar ozodlikda qoladi.
Eslatib o'tamiz, Alves 4,5 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingandi. Avvalroq braziliyalikning advokati ushbu jazoni yengillashtirish uchun apellyatsiya bergan edi.


