1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Davlat dasturi tasdiqlandi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul ovqat bilan taʼminlanadi

Shuningdek, 1 apreldan respublika bo‘ylab transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi.

Davlat dasturi tasdiqlandi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul ovqat bilan taʼminlanadi

 

"2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Prezident farmoni imzolandi.

 

Unga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yo‘lga qo‘yiladi.  

 

2023 yil 1 apreldan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi.  

 

Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yana-da kuchaytirish maqsadida 2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy o‘rnatiladi.  

 

32 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek 11 ming nafar fuqaroga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat byudjetidan yetarli mablag‘lar yo‘naltiriladi.  

 

2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 8 trln so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trln. so‘m yo‘naltiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика