1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun aholiga qo‘shimcha 100 ming gektardan ortiq yer tarqatiladi

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida suv taʼminotini yaxshilash bo‘yicha yirik loyiha boshlanadi.

Dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun aholiga qo‘shimcha 100 ming gektardan ortiq yer tarqatiladi

 

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida suv taʼminotini yaxshilash, suv xo‘jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalar boshlanadi. Bu haqda Prezidant Shavkat Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan tabrik nutqida so‘z boradi.

 

Taʼkidlanishicha, agrar sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro imtiyozli kreditlar ajratilgan, mahsulot yetishtirish, sug‘orish, urug‘ va ko‘chat sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar subsidiya hisobidan qoplab berilmoqda.

 

Sohani barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida agrar tarmoqda boshlangan islohotlar izchil davom ettiriladi. Xususan, qishloq xo‘jaligida suv taʼminotini yaxshilash, suv xo‘jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalar boshlanadi.

 

Paxtachilik va g‘allachilikda bozor tamoyillarini keng joriy etish, ilmiy asosda mahsulot yetishtirish, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirish choralari kuchaytiriladi.

 

Shu bilan birga, mahalliy sharoitga mos, arzon qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, ularni fermer va dehqonlarimizga imtiyozli shartlarda yetkazib berish, subsidiyalar ajratish va qo‘shimcha moliyalashtirish imkoniyatlari kengaytiriladi. Qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish sifati va darajasini oshirish, amaliyot va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlash masalalari ham eʼtibor markazida bo‘ladi.

 

Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, bandlikni taʼminlash maqsadida boshlangan ijobiy tajriba davom ettirilib, dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun qo‘shimcha 100 ming gektardan ortiq yer aholiga tarqatiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика