1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Di Mariya Van Galni yomon ko‘rarkan

U buning sababini aytdi.

Di Mariya Van Galni yomon ko‘rarkan

 

“Yuventus” va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya nima uchun “Manchester Yunayted”ni tark etishga qaror qilganini aytdi.

 

“Murabbiy bilan munosabatlarimiz buzilgan edi, men “Manchester Yunayted”ni og‘ir holatda tashlab ketmoqchi edim. Rahbariyat Lui van Gal mening asosiy muammom ekanligini bilardi. Bir o‘yinda biz 3:0 hisobida g‘alaba qozondik, men gol urdim va golli uzatma berdim, ertasi kuni esa u menga qo‘ng‘iroq qilib, har bir yomon uzatmamni videosini ko‘rsatdi. Faoliyatimdagi eng yomon murabbiy”, — deya “Ataque Futbolero” nashri futbolchining so‘zlaridan istibos keltirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Di Mariya 2014 yilning avgustida “Real”dan 75 million yevro evaziga “Manchester Yunayted”ga o‘tgandi. Ikki yildan so‘ng argentinalik futbolchi ingliz klubini tark etdi. Futbolchi ingliz klubi safida jami 32 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика