1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Dollar kursi tushishi sabab Toshkentda uy-joy ijarasi qimmatladi

Eng qimmat ijaralar Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida.

Dollar kursi tushishi sabab Toshkentda uy-joy ijarasi qimmatladi

Dollar kursining pasayishi va yangi o‘quv yilining boshlanishi uy-joylar uchun ijara narxlariga taʼsir qildi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, mutaxassislar tomonidan 2025 yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilingan.

 

AQSH dollarining so‘mga nisbatan qadrsizlanishi uy-joylar uchun ijara narxlarining dollardagi qiymati oshishiga olib keldi. Natijada, AQSH dollari hisobida ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan ko‘tarildi. Shuningdek, yangi o‘quv yili boshlanishi bilan ijaraga beruvchilarning ijara narxlari oshishi бўйича kutilmalari taklif etilayotgan narx-navoga taʼsir qilgan bo‘lishi mumkin.

 

Toshkent shahrida o‘rtacha taʼmirlangan va to‘liq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi narxlari sentyabr oyida o‘sishni davom ettirdi.

 

O‘rtacha taʼmirlangan xonadonlar

 

Mazkur davrda o‘rtacha taʼmirlangan uylar uchun ijara narxlari avgust oyiga nisbatan oshgan.

 

Bir xonali xonadonlar o‘rtacha o‘n olti dollar, ikki xonali — o‘n sakkiz dollar, uch xonali — yigirma besh dollar, to‘rt xonali esa o‘n to‘qqiz dollarga qimmatlashgan.

 

Natijada, bir xonali uylarda ijara narxi uch yuz o‘n sakkiz dollardan uch yuz o‘ttiz to‘rt dollargacha, ikki xonali uylar esa uch yuz to‘qson to‘rt dollardan to‘rt yuz o‘n ikkigacha ko‘tarilgan.

 

Nisbatan arzon ijaralar Sergeli va Uchtepa tumanlarida kuzatilgan. Sergelida bir xonali uylar o‘rtacha uch yuz to‘qson uch dollar, ikki xonali — uch yuz oltmish besh, uch xonali — to‘rt yuz o‘n ikki, to‘rt xonali esa to‘rt yuz yetmish to‘rt dollar atrofida. Uchtepada esa bir xonali — uch yuz o‘n olti, ikki xonali — uch yuz sakson bir, uch xonali — to‘rt yuz o‘ttiz ikki, to‘rt xonali — to‘rt yuz dollar.

 

Eng qimmat ijaralar Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida qayd etilgan. Shayxontohurda bir xonali xonadon o‘rtacha uch yuz ellik to‘rt dollar, to‘rt xonali esa olti yuz o‘n yetti dollar. Yakkasaroyda esa narxlar yana-da yuqori — bir xonali uchun to‘rt yuz ikki, to‘rt xonali uchun sakkiz yuz dollargacha yetgan.

 

To‘liq taʼmirlangan xonadonlar

 

To‘liq taʼmirlangan xonadonlar ijara narxlari ham oshgan.Bir xonali uylar o‘rtacha yigirma ikki dollar, ikki xonali — o‘ttiz to‘rt, uch xonali — ellik, to‘rt xonali esa o‘n olti dollarga qimmatlashgan.Shu tariqa, bir xonali xonadonlar narxi to‘rt yuz o‘n uch dollardan to‘rt yuz o‘ttiz besh dollargacha, ikki xonali esa besh yuz sakson dollardan olti yuz o‘n to‘rt dollargacha oshgan.

 

Eng arzon ijaralar yana Sergeli va Uchtepada. Sergelida bir xonali uylar uch yuz o‘n sakkiz dollar, to‘rt xonali esa besh yuz sakson sakkiz dollar. Uchtepada esa bir xonali — uch yuz ellik besh, to‘rt xonali — besh yuz ellik dollar.

 

Eng qimmat to‘liq taʼmirlangan xonadonlar Mirobod va Shayxontohur tumanlarida joylashgan. Mirobodda bir xonali uylar narxi o‘rtacha to‘rt yuz yetmish to‘qqiz dollar, to‘rt xonali esa ming to‘rt yuz oltmish ikki dollarni tashkil etadi. Shayxontohurda esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda besh yuz o‘ttiz besh va ming uch yuz oltmish to‘qqiz dollarni tashkil qilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика