Unda 1 AQSH dollari ertaga rasmiy kurs bilan 10 807,25 so‘mga baholanadi. Qayd etish kerak, bu dekabr oyidan beri birinchi marta keskin tushish hisoblanadi. Sababi hali joriy oy boshidan beri AQSH valyutasi 40 so‘mdan ortiq summaga pastlamagan edi.
Maʼlumot uchun, dekabr oyi boshlanishi bilan AQSH dollarining keskin o‘sishi kuzatilgan edi. Tijoriy banklar ham sotish summasini keskin oshirgan. Misol uchun, Markaziy bankning 22-dekabr sanasi uchun eʼlon qilgan valyutalar kursidan so‘ng(10 837,65 so‘m) tijoriy banklar 1 AQSH dollarini 10 880 so‘mdan sota boshlagan edi. 23-dekabrda eʼlon qilingan valyutalar kursidan so‘ng esa(10 848,58 so‘m) tijoriy banklar AQSH valyutasini 10 900 so‘mdan sotishni boshladi. Bu summa hozircha rekord ko‘rsatgich bo‘lib turibdi, chunki hali hech bir yili dollar kursi buncha summaga chiqmagan.
Eslatma. 24-dekabr uchun Rossiya rublining rasmi kursi 147,41 so‘m, yevro esa 12 234,89 so‘m etib belgilandi.
Avvalroq O‘zbekistonga xorijdan qancha pul jo‘natilgani maʼlum qilingani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


