1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Domodedovo — Samarqand reysida “bomba” borligi aytildi

Shundan so‘ng IIB xodimlari bortda tekshiruv o‘tkazgan.

Domodedovo — Samarqand reysida “bomba” borligi aytildi

15 iyul kuni 03:15 atrofida Domodedovo — Samarqand yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan rossiyalik fuqaro mast holda ushbu bortda xizmat olib borayotgan styuardessalarga “samolyotda portlovchi modda bor”, deb aytgan.

 

Samarqand viloyati IIB Portlovchi moddalarni zararsizlantirish guruhi xodimlari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida mazkur bortda hech qanday portlovchi, yonuvchi yoki shubhali buyumlar mavjudligi aniqlanmagan.

 

Tartibbuzar harakatlarida MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика