1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Donald Tramp Tesla kompaniyasini himoya qilishga va’da berdi

U elektromobillar ishlab chiqarish hajmini oshirish kerakligini ta'kidladi.

Donald Tramp Tesla kompaniyasini himoya qilishga va’da berdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Tesla dilerlariga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlarini terrorchilik harakati sifatida baholashini ma’lum qildi. Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Tramp bu masalada qat’iy pozitsiyada ekanini bildirdi.

 

"Men ularni to‘xtataman. Kimki Tesla kabi buyuk Amerika kompaniyasiga zarar yetkazishga urinsa, javobgarlikka tortiladi", - dedi AQSh rahbari.

 

Uning yonida Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask ham bo‘lib, kompaniya yaqin ikki yil ichida AQShda elektromobil ishlab chiqarish hajmini ikki baravar oshirishni rejalashtirayotganini e’lon qildi.

 

Oq uy hududida Tramp Tesla elektromobillarini ko‘zdan kechirdi va qizil Model X sotib olishga qaror qildi. U mashina uchun chek yozishini, lekin prezident sifatida avtomobilni hayday olmasligini ta’kidladi.

 

"Menga mashina haydashga ruxsat berilmagan. Lekin bu Tesla Oq uyda bo‘ladi va xodimlar undan foydalanishi mumkin", - dedi u.

 

Prezidentdan bu harakat Tesla savdosiga yordam beradimi, deb so‘rashganida, u “Umid qilamanki” deb javob berdi.

 

Tramp Ilon Maskga bo‘lgan munosabat haqida ham gapirib o'tdi: "Menimcha, u adolatsizlikka uchragan. Tesla va Mask vatanparvarlik yo‘lida jazolanmasligi kerak", — dedi u.

 

Jurnalistlar Ilon Maskdan Tesla bosh direktori lavozimida qoladimi, deb so‘rashganida, u: "Ha, albatta. Men kompaniyaning bosh direktoriman va faoliyatimni davom ettiraman", - deb javob berdi.

 

Bundan tashqari, Mask Tesla’ning yangi Cybertruck modelida rul bo‘lmasligi mumkinligini aytib o‘tdi, chunki kompaniya uchuvchisiz boshqaruv texnologiyasiga ishonch bildiradi.

 

Bunga javoban Tramp "Men buni rad etaman" dedi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика