1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyoda milliarderlar soni keskin kamaydi

Ularning eng ko‘pi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida istiqomat qiladi.

Dunyoda milliarderlar soni keskin kamaydi

 

2022-yilning mart oyi holatiga ko‘ra, dunyoda milliarderlarining umumiy soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 87 kishiga kamaydi. 

 

Dollarli milliarderlarning umumiy boyligi bir yilda 13,1 trillion dollardan 12,7 trillion dollarga tushdi.

 

Tahlilchilarining qayd etishicha, milliarderlar soni va ularning umumiy boyligi turli aktivlar narxining tushishi tufayli yana ham qisqarishi mumkin.

 

Eng ko'p milliarderlar Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yashaydi - 

1084 kishi, ularning umumiy boyligi 4,2 trillion dollar. AQShda 735 kishi umumiy boylik 4,7 trillion dollar. G'arbiy Yevropada milliarderlarning 474 nafari istiqomat qiladi, ularning boyligi 1 milliard dollardan oshadi.

 

Milliarderlarning eng katta qismi (392) moliya va investitsiyalar bilan shug'ullanadi, yana 348 kishi IT, 338 nafari esa ishlab chiqarish sohasida.

 

So'rovlar shuni ko'rsatdiki, milliarderlarning 95 foizi global ekologik va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun mas'uliyatni o'z zimmalariga oladilar. Ular qishloq xo'jaligi texnologiyalarini rivojlantirish, odamlarni toza suv bilan ta'minlash va sanitariya, ta'limni yaxshilash, shuningdek, qashshoqlikni kamaytirish mumkin bo'lgan umumiy iqtisodiy vazifalarni bajaradilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика