1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Dzyudo: O‘zbekiston terma jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi

Terma jamoaning 4 nafar aʼzosi o‘z klublari safida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Dzyudo: O‘zbekiston terma jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi

Serbiya poytaxti Belgradda o‘tkazilgan “Champions League 2025” dzyudo klublararo turnirida O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zolari turli klublar tarkibida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqada jahon dzyudosining eng kuchli vakillari qatnashdi.

 

O‘zbekistonlik sportchi, “Parij-2024” Olimpiada sovrindori Alisher Yusupov harakat qilgan Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” jamoasi turnir finalida Serbiyaning “Red Star” klubini 4:2 hisobida mag‘lub etib, Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi. Yusupovning finaldagi ishonchli kurashi jamoaning umumiy muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi.

 

Bundan tashqari, yana uch nafar yurtdoshimiz — Muzaffarbek To‘raboev, Shahrams Aҳadov va Shahradxo‘ja Sharipov tarkibida kurashgan Qozog‘istonning “Jenis” klubi bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, O‘zbekiston dzyudochilari Belgraddagi yirik musobaqada o‘z mahoratlari bilan yana bir bor xalqaro maydonda e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика