1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelmoqda

Isteʼmolchilarning eʼtirozlari yuzasidan munosabat bildirildi.

Elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Shu bilan bir qatorda, ayrim isteʼmolchilarda bunday holatlar kuzatilib, tuman elektr tarmoqlariga borib aniqlik kiritishganda o‘tgan yillar mobaynida qolib ketgan qarzdorlik sifatida tushuntirilgani to‘g‘risida videoxabarlar tarqaldi.

 

Holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yilning avgust oyidan yangilangan “HET billing” dasturiy kompleksi tashkil etildi.

 

Ayni shu jarayonda eski tizimdan isteʼmolchilarning arxiv maʼlumotlarini yangi tizimga ko‘chirishda ayrim isteʼmolchilar shaxsiy hisobida noaniqliklar kelib chiqmoqda. Bunday noaniqliklar aniqlangan hududlarda ayni paytda qo‘shimcha mutaxassislar ajratilgan holda masalaga oydinlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика