1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Elektrdan noqonuniy foydalanish tufayli salkam 79 mlrd so‘m zarar ko‘rilgan

Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Elektrdan noqonuniy foydalanish tufayli salkam 79 mlrd so‘m zarar ko‘rilgan

 

Tahlillarga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida mamlakatimizda 438,7 ming tonna suyultirilgan gaz, 649,6 ming tonna avtobenzin, 536,7 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 78,4 ming tonna mazut, 197,8 ming tonna polietilen va 38,1 ming tonna polipropilen ishlab chiqarildi.

 

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 2 695 ta isteʼmolchi tomonidan jami 242 mln 213 ming kubometr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

 

Buning natijasida gaz taʼminoti korxonalariga yetkazilgan zarar miqdori 231 mlrd 866 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

 

Joriy yilning o‘tgan davrida isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish sifatini yaxshilash maqsadida respublika miqyosida 748 ta transformator punkti almashtirildi, 7 ming 548 ta transformator punkti taʼmirdan chiqarildi.

 

Yanvar-iyul oylarida isteʼmolchilarga 12 mlrd 146 mln kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1 mlrd 100 mln kilovatt-soat yoki 9,6 foiz ko‘p.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика