1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi “prava” bilan bank xizmatlaridan foydalanish mumkin

Unga shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berildi.

Endi “prava” bilan bank xizmatlaridan foydalanish mumkin

Haydovchilik guvohnomasi orqali hisobvaraq ochish, kredit yoki depozit xizmatlaridan foydalanish, bank plastik kartalarini rasmiylashtirish mumkin.

 

Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yana-da takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 6-bandiga muvofiq yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berildi.

 

Qarorga muvofiq, Markaziy bank rahbariyati tomonidan qabul qilingan 7 ta normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga muvofiq fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikatsiya ID-kartalari yoki milliy haydovchilik guvohnomalarini ko‘rsatib, bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

 

Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomiga ega bo‘lgani sababli, u bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida pasportning o‘rnini bosa oladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика