Ilova yaratuvchisi Pavel Durov Telegram messenjerida mart oyidan monetizatsiya tizimi ishga tushishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram Ads servisi orqali olingan reklamalardan tushgan daromadning 50 foizi messenjerdagi kanal egalariga beriladi.
Faqat daromad Telegram’ning TON kriptovalyutasi orqali to‘lanadi.
Pavel Durovning soʻzlariga koʻra, Telegram kanallari har oyda trillion marta koʻrishni hosil qiladi, bu koʻrishlarning atigi 10 foizi reklama orqali monetizatsiya qilinadi.
“Mart oyida Telegram reklama platformasi deyarli 100 ga yaqin yangi mamlakatlardagi barcha reklama beruvchilar uchun rasman ochiladi. Endi Telegram kanallari egalari o‘z mehnatlari uchun pul mukofotlarini olishni boshlashlari mumkin”, — deb yozdi Durov.


