1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endilikda jazoni to‘liq o‘tagan o‘smirlar jinoyatchi hisoblanmaydi

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi bo‘yicha yangi tartib joriy qilindi.

Endilikda jazoni to‘liq o‘tagan o‘smirlar jinoyatchi hisoblanmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi qaroriga muvofiq, 18 yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha jinoiy javobgarlik tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Endilikda, jazoni to‘liq o‘tagan voyaga yetmaganlar jinoyatchi hisoblanmaydi.

 

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar doirasida o‘ta og‘ir, takroriy yoki qasddan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha istisnolar mavjud. Shuningdek, voyaga yetmaganlar uchun eng kam jazo muddati qisqartirildi: ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish endi bir oydan boshlanadigan muddatlarga belgilanadi, ilgari esa pastki chegara olti oyni tashkil etgan.

 

Mazkur islohotlar maqsadi — jinoiy javobgarlikni insonparvarlashtirish, voyaga yetmagan jinoyatchilarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni jamiyatga qayta integratsiya qilishni ta’minlashdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика