1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Eng ko‘p benzin qayerda ishlab chiqarilgan?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Eng ko‘p benzin qayerda ishlab chiqarilgan?

О‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi o‘sish 104,6 % ni tashkil etdi.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish 2021 yilning: 
— yanvar oyida 93,9 ming tonna (o‘sish sur’ati 100,3 foiz);

— yanvar-fevral oylarida 185,3 ming tonna (97,4 foiz);
 
— yanvar-mart oylarida 291,3 ming tonna (103,0 foiz);

— yanvar-aprel oylarida 368,6 ming tonna (100,8 foiz);

— yanvar-may oylarida 456,2 ming tonna (103,4 foiz)ni tashkil etdi.

Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushlar Buxoro viloyati 78,8 %, Farg‘ona viloyati 21,1 %, hamda 0,1 % bilan Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика