Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Fox News telekanaliga bergan intervyusida Ukraina–Rossiya urushi va xalqaro vaziyat haqida fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki davlat ham urushdan jabr ko‘rmoqda, ammo Rossiyaning yo‘qotishlari ko‘proq. Erdo‘g‘on Ukraina iqtisodiy jihatdan Rossiya bilan raqobatlasha olmasligini, shuningdek, Yevropaning Kiyevga uzluksiz iqtisodiy yordam ko‘rsatishiga ishonmasligini aytdi.
Shuningdek, Turkiya rahbari Putin bilan munosabatlari ilk uchrashuvdanoq yaxshi yo‘lga qo‘yilganini taʼkidladi.
G‘azodagi voqealarga to‘xtalar ekan, Erdo‘g‘on ularni “genotsid” deb baholadi va bu uchun Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni javobgar deb atadi.


