1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Paratsetamol va autizm bog‘liqligi tasdiqlanmadi — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Trampning paratsetamol haqidagi ogohlantirishiga munosabat bildirdi.

Paratsetamol va autizm bog‘liqligi tasdiqlanmadi — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) paratsetamol (asetaminofen) iste’moli va autizm rivojlanishi o‘rtasida sabab-oqibat aloqasi borligi haqidagi da’volarga izoh berdi.

 

Tashkilot vakili Tarik Yasarevich Jenevada o‘tkazilgan brifingda ta’kidlashicha, mavjud ilmiy tadqiqotlar bunday xavfni aniq tasdiqlamagan.

 

“Ba’zi kuzatuv ishlari homiladorlik davrida paratsetamolni qabul qilish autizm bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Biroq, natijalar qarama-qarshi bo‘lgani uchun sabab-oqibat aloqasi borligini tasdiqlashga hali asos yo‘q. Ushbu masalada yanada kengroq va mustaqil tadqiqotlar o‘tkazilishi zarur,” — dedi Yasarevich.

 

JSST vakili, shuningdek, homilador ayollar dori vositalaridan, ayniqsa homiladorlikning ilk trimestrida, faqat shifokor nazorati ostida foydalanishi lozimligini eslatib o‘tdi.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda Tylenol (paratsetamol asosidagi preparat) homiladorlik davrida qo‘llanganda autizm xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytib, shifokorlarga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni tavsiya qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика