Turkiya Prezidenti va Rossiya yetakchisi Samarqandda Rossiya gazi uchun pul to‘lashda rubl va liraga o‘tish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti‘ga Anqaradagi diplomatik manba maʼlum qildi.
▪️Rossiya va Turkiya prezidentlari avgust oyi boshidan Rossiya gazi uchun qisman to‘lovlarni rublda boshlashga kelishib oldilar.
▪️Vladimir Putin Samarqandga yetib keldi. Bugun oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, juma kuni esa SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari sammitining rasmiy tadbirlari boshlanadi.


