Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 1-mart kuni Beshariq tumani Obodon ko'chasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Mazkur uyda yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan erkak va uning 2 nafar farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etishgan.
Ma’lum qilinishicha, qiz 2012-yilda, o‘g‘il esa 2013-yilda tug‘ilgan bo‘lgan.
Ko'zdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilganligi aniqlangan. Marhumlarning o‘limi buyicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


