Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Isroilga qasos zarbasi berilganini eʼlon qildi.
Jumladan, HAMAS yetakchisi Ismoil Honiya, “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh va “Quds” kuchlari qo‘mondoni Abbos Nilforushan o‘ldirilganiga javoban Isroil hududiga raketa zarbasi berilgani maʼlum qilindi.
Shu bilan birga IIQK Isroilni javob zarbasini berishdan tiyilishga chaqirdi.
"Agar Isroil javob bersa, biz ularga ming marta qattiqroq zarba beramiz", — deyiladi bayonotda.
1 oktyabr kuni kechqurun Eron Isroil hududiga yuzlab raketalarni uchirdi. Isroil Mudofaa kuchlari havo hujumiga qarshi tizim ishga tushirilganini eʼlon qildi.


