1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Erondagi namoyishlarda O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagan — TIV

Erondagi vaziyat yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi va fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.

Erondagi namoyishlarda O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagan — TIV

 

Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlari chog‘ida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan. Bu haqda 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.

 

Uning ta’kidlashicha, mazkur ma’lumot O‘zbekistonning Erondagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, vazirlik mamlakatdagi vaziyatni doimiy ravishda diqqat bilan kuzatib bormoqda.

 

Shu bilan birga, TIV Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum bo‘ladigan hududlardan yiroq bo‘lishga hamda shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

 

Zarur hollarda fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Tehrondagi elchixonasiga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика