11-apreldan Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan davlat chegarasini aviaqatnovlar orqali kesib o‘tishda qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi. Bu haqda “Uzbekistan airways” axborot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, qozog‘istonliklar va Qozog‘iston hududida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijliklar hamda chet el fuqarolari “Uzbekistan Airways” aviaqatnoviga chiqishdan oldin COVID-19 testining salbiy natijasi (amal qilish muddati 72 soat) yoki COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganlik/qayta emlanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak.
Eslatib o’tamiz, Oʻzbekiston va Qozogʻistonda berilgan emlanganlik sertifikatlarini ikki davlat ham oʻzaro tan olgan.


