1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Fargʻonada Cobalt avtomobillari ishtirokidagi YTHda yoʻlovchi vafot etdi

Hozirda hodisa boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻonada Cobalt avtomobillari ishtirokidagi YTHda yoʻlovchi vafot etdi

Fargʻona viloyatida 21-dekabr kuni soat 12:30 atrofida ikkita Cobalt avtomobili ishtirokida halokatli yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Hodisa natijasida yoʻlovchilardan biri jiddiy tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan, ammo shifoxonada vafot etgan.

 

Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, transport vositalari bir yoʻnalishda harakatlanayotgan vaqtda birinchi Cobalt haydovchisi avtoyoʻlning o'ng chetiga burilish yoki toʻxtashga harakat qilgan, biroq darhol to‘satdan chapga burilgan. Shu sababli, ikkinchi Cobalt bilan to‘qnashuv yuzaga kelgan.

 

Hodisa boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrida Lacetti va Nexia-3 ishtirokidagi avariya oqibatida bir kishi halok boʻlgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика