1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada haydovchini haqoratlagan YPX inspektori ishdan olingani ma’lum qilindi

U Spark haydovchisi bilan o‘zaro janjallashgan.

Farg‘onada haydovchini haqoratlagan YPX inspektori ishdan olingani ma’lum qilindi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati inspektori haydovchini haqorat qilayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 25-aprel kuni Buvayda tumanida sodir bo‘lgan bo‘lib, YPX inspektori A.K. va Spark haydovchisi o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan. 

 

Haydovchi M.Q.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, YPX inspektori safdor A.K. 2022-yil 8-may kuni Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan egallab turgan lavozimida ozod etilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика