1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada o‘qituvchi ayovsiz kaltaklab ketildi

Holat yuzasidan viloyat IIB ma'lumot berdi.

Farg‘onada o‘qituvchi ayovsiz kaltaklab ketildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada o‘qituvchi o‘quvchining qarindoshi tomonidan kaltaklangani aks etgan video tarqaldi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 1 aprel kuni Toshloq tumani “Sadda” MFYda joylashgan 25-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va fuqaro o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Oqibatda fuqaro o‘qituvchini urib, unga tan jarohati yetkazgan.

 

Hozirda o‘qituvchining olgan tan jarohatinining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy  ekspertizasi tayinlangan hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика